01.01.1970 06:00

Kasbni sadoqat ulug‘laydi

Maʼlumki, sog‘lom hayot kechirish aholini turli xil xastaliklardan saqlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib o‘stirish omili ekanligi ko‘p bora takrorlanmoqda. Bu borada Furqat tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Ingichka” qishlog‘i oilaviy shifokorlik punktida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda oilaviy shifokorlik punktida 40 yildan beri samarali mehnat qilib kelayotgan Nazoratxon Alixo‘jayevaning aholi salomatligini muhofaza qilish va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasidagi fidoyi mehnati Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U kasb bayrami arafasida II-darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlandi.

So’ngi yangiliklar