01.01.1970 06:00

Beshariqda aholi muammolari yangicha tizimda o‘rganilmoqda

Xabaringiz bor, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi aʼzolari 4 ta sektor kesimida Beshariq tumanidagi 62 ta mahallada faoliyat olib bordi.

Ishchi guruh mahalla va xonadonlarda yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolarini o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralari ko‘rildi. O‘rganishlar davomida sohaga oid sog‘liqni tiklash, jarrohlik amaliyoti, imtiyozli order olish, nogironlikni belgilash, nogironlik aravachasini olish, davolanishga yo‘llanma, shuningdek, mahallalarda oilaviy shifokor punktini tashkil etish kabi jami 541 nafar fuqarolar murojaatlari kelib tushdi.